Saytga kirish
A'zo bo'lish
SeXxUz.Ru - Ko`ngil ochar portal
Hikoyalar | ORZUIMIZDAGILAR (1-qism)
Bu hayotda atrofimizga go'zal qalbli insonlarni yig'ishimiz kerak. Mushkulotga yo'liqqaningda ortini o'girib ketadigan emas, aksincha, senga bag'rini ochib, taskin beradigan insonlar lozim. Bergan mehr-muhabbatingni va qiymatingni his qilib, o'zgaradigan emas, yanada samimiy bo'ladigan insonlar lozim. Qilar ishni qilib qo'yib, uzr so'raydigan emas, o'zini kechirim so'raydigan holatgacha olib kelmaydigan va qadrlagan insonni boshida ko'taradigan insonlar lozim. Biron joyga o'tirganing , ikkita choy buyurib, choyni qachon tugaganini va o'tgan vaqtni payqamay qoladigan darajada bir birimiz bilan jipslashib ketadigan insonlar lozim. Faqatgina baxtiyor onlarda emas, qayg'uli kunda ham o'rtoq bo'ladigan insonlar lozim.
Eng mayda narsalardan bahona topib, ketadigan emas, qolib, barcha muammolarni yechish uchun birga harakat qiladigan insonlar lozim. Kishining yarasiga tuz bosadigan emas, o'sha yaraga malham bo'ladigan insonlar lozim. Ko'rgan har qanday aloqalarga aldanadigan emas, sadoqat va vafoning nima ekanligini idrok qiladigan insonlar lozim. Kuladigan voqeaga bir paytda kulib, g'amga botadigan biror voqeadan birga ta'sirlanib, birga kuyinadigan insonlar lozim. Birgina qarashimizdan bizni tushunadigan insonlar lozim.
"U buni yoqtirmaydi, u buni yemaydi, u buni kiymaydi," deydigan darajada yaqindan taniydigan insonlar lozim. Anglaydigan insonlar lozim. Tushunadigan insonlar lozim. Tushunishni eplaydigan insonlar lozim. Odam bo'lish oson. Bizga ko'chada, uyda, odamlar orasida, yolg'izlikda, hech narsaga qaramay, inson bo'lib qolishni uddalagan insonlar lozim. E'tibor bering, inson bo'lib qolishni uddalagan deyapman. Insoniylikni faqat "inson" so'zida qoldirmagan insonlar lozim.


《Hayollar bizniki. Hayot esa sizniki. Biroq hammamiz hissizmiz》
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Boshqalar
Yozdi: * M.D (17 Iyl 2021, 11:40)
Ko'rilgan: 350
Reyting: 5
*5 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa