Saytga kirish
A'zo bo'lish
SeXxUz.Ru - Ko`ngil ochar portal
Hikoyalar | Chunki,bu biz. (Zuhraginam)
Hikoyadagi barcha voqealar real hayotda bo'lmagan. Hodisalar rivoji to'qima ijod mahsuli hisoblanadi. Har qanday o'xshashlik tasodifdir.



Melburn ko'chalari o'zining ozodaligi bilan kishini hayratga soladi. Har kuni mana shu ko'chadan universitetga borib kelish men uchun aftaritetga aylanib ulgurgan. Biroz salqin shahar. Yoz kunlari tushdan keyin odam bitta futbolka yoki ko'ylakda ko'chaga chiqsa sovuq qotadi. Lekin avstraliyaliklar bunday ob xavoga ko'nikib ulgurishgan. Men esa bu yerda o'qiyotganimga bir yil bo'lgan bo'lsada haliyam o'rganolmadim. Bu ,albatta, qit'aning janubrog'idagi shahar bo'lgani uchun Antarktidaga yaqin. Shuning uchun "muzli qit'a"ning salqinligi bu yerga biroz bo'lsada tasir o'tkazadi.
Har kungidek bugun ham universitetdan chiqib, o'sha menga yoqib qolgan Melburn ko'chalari bo'ylab piyoda yurgim keldi. Har bir mashina yo'lining cheti bo'ylab alohida piyodalar uchun ham alohida keng, qulay yo'lakchalar mavjud. Melburndagi hayot bir maromda o'tadigandek tuyuladi menga. Bu yerning odamlari, nega bilmadimu, lekin tabiatan qo'rsroq. Men senga tegmayin,sen menga tegma deydiganlar hilidan. Shu sababli bo'lsa kerak, men o'zimning ona shahrimni har doim sog'inib yashayapman. Men o'zim samarqandlik bo'lganim uchun bu yer insonlaridan,universitetdagi kursdoshlarimdan o'quv yili boshida samarqandagidek iliq munosabat kutgandim. Lekin unaqa bo'lib chiqmadi. To'g'ri, ular menga yomon munosabatda ham bo'lishmaydi, lekin yoshligimdan "mehrli yuzlar" qarshisida o'sib ulg'ayganim uchun bu yerning insonlari menga yoqmadi.
Ko'plab odamlar ichida ketyapman. Bir qulog'imda naushnik. "One direction" guruhining "More than this" qo'shig'i jaranglayapti. Ikki qo'lim cho'ntagimda, boshim esa musiqaga hamohang tarzda chayqalyapti. Yonimdan melburnliklar goh tezlik bilan o'tib ketishadi, goh men ulardan bazilarini ortda qoldiraman,goh qarshimdan kelayotganlarga urilib ketmaslik uchun zig zagga o'xshab harakat qilaman. Huddi hayot uchun kurash ketayotgandek tasavvur uyg'onadi menda. Vatanim hayoli bilan ketar ekanman, yonimdan o'tayotganlardan birining telefoni jiringladi. Dastlab etibor bermadim. Lekin gudokka qo'yilgan musiqada o'zbekcha qo'shiq jaranglayotganligini angladimu, hayratlandim. Naxot bu yerda hamyurtimni uchratsam. O'sha zahoti qadamim sekinlashib, tanam qizib, yuragim dukkullay boshlaganini his qildim. Odamlar orasidan musiqa kimning telidan chiqayotganligini bilolmasdim. Shoxda turib O'ljasini qidiryotgan boyo'g'lidek men ham "Telbalarcha sevdim shunchaki, sendan..." deb davom etayotgan telefon egasini izlardim. Mendan besh qadamcha narida bir qiz kichkina yonga osib yuradigan kulrang sumkachasini titayotgan edi. Mening nigohim unda. U sumkachadan telefonini olib, gudokka javob berib gaplasha ketti. Oramiz uzoqlashgani uchun uning qaysi tildan nima deyayotganligini bilmasdim. Ammo ich-ichimdan bu mening vatandoshim degan his bor edi. Men qadamimni tezlatdim, go'yo o'sha payt yer yorilib ketadigandek edi. U qiz telefoniga bu orada javob berib gaplashayotgan, har safar yon tarafga qaraganda uning puchuq burunchasi, yoyilib hilpiragan sochlari ortidan tabassumga to'la yuzi ko'rinardi. Bu tabassum menga tanish, o'zbek qizlarida bor faqat bunaqa kulgi. Oxiri u telefonni qo'ygach qadamimni yanada tezlatdim,unga yetishimga ikki qadamcha qolganida sabrim chidamasdan, shartli refleksdek unga murojat qilib yuborganimni sezmay qoldim:
-Excuse me?-,u qiz menga qaradi, mendagi holatni ko'rib biroz qo'rqdimi yoki boshqa narsagami menga huddi ayb ish qilib qo'yib,nima jazoga uchrashini kutayotgan qizdek qaradi.
-He-hello, what's up,mister?
-Are you Uzbek?-, men uning ôzbekligiga ishonch hosil qilishni hohlardim. Shunchalik shoshilib gapirdimki, nafasim tomog'imga tiqilib qolay dedi. Ichimda "ha uzbekman" deyishini o'tinib so'rardim.
-Y-yee-es,I am Uzbek.How can I help you?Uning bu so'zlaridan quvonchga sig'may kettim,yuzimga tabassum yugurganini ko'rgach u qiz menga hayratomuz savol ohangi bilan biroz jilmaydi.
-Salom.dedim sabr qilolmay.
-Siz ham o'zbemisiz, aytmoqchi assalom,-dedi qiz dovdirab......
Hullas, Zuhra bilan tanishishim shunday boshlandi. O'sha kuni u bilan 10 minutcha suhbatlashdim. U Melburnga kelganligiga 2kun bo'libdi. Aslida, toshkentlik bo'lgan bu qiz sayohat agentligida ishlar ekan. Melburn bilan sayyohlikni yo'lga qo'yish uchun agentlikdagi bir nechta a'zolar bilan birga kelibdi. O'sha payt muhim tadbiri borligi uchun u shoshilar edi. Yuzidan tabassumi arimagan, menimcha, u ham begona yurtda hamyurtini ko'raman deb o'ylamagan ko'rinadi. U bilan unchalik ko'p gaplashmagan bo'lsamda, menda olam olam quvonch bor edi. Gapimiz oxirida undan Facebook yoki Instagramdan uni qanday topishim mumkinligini so'radim. U yonidan bir qog'oz oldi va bir nimalarni yoza boshladi. Yozib bo'lgach uni menga uzatdi va:
-Facebookdan mana shu agentlik guruhiga kiring. Shu nikdagi qizni izlatsez to'g'ri menga bog'lanasiz. Ok,handsome boy!
Shu yerning o'zida u bilan yaqin bo'lib qolgandekman. Zuhra hazilni sevuvchi qiz ekanligi yuzidagi tabassumidan bilinib turardi. Men ham unga"ok" deb oq yo'l tiladim. Mehmonxonaga qaytarkankanman o'zimda yo'q baxtli edim...
Universitetda grant o'qiganim uchun yotoqxona mehmonxonada edi. Mehmonxona xarajatlari universitetda mamuriyati tomonidan qoplanadi. Xonaga kelgunimcha kech ham bo'lib ulgurdi. Bu yerda faqat talabalar turgani uchun ko'pchilik xona bir kishilik, bazilari esa 2-3 kishilik edi. Men bir kishilik shinamgina xonamga kirarkan bugungi voqea esimdan chiqmasdi. Ko'z oldimda Zuhraning qiyofasi gavdalanaverdi. Chiroyliq qiz. Kiyimlari o'ziga yarashgan, o'rtacha tor shim, qomatini boricha gavdalantiradigan futbolka va uning ustidan yengilgina tugmachali jenfircha. Tiniq yuzi, lablari, ko'zlari va yoyilgan sochlari. Ko'rinishidan o'qimishli, aqlli. Xullas men uchun u ideal qiz bo'lib hayotimga kirib keldi. Muzlatgichdan ul bul narsani olib stolga qo'ydim va stakanga mevali sharbatdan solib icha boshladim. Cho'ntagimdagi boyagi qog'ozchani olib Facebookka kirdim. Zukhurova Zukhra. Shu nomli nikni izlatdim. Naq 343ta foydalanuvchi. Toshkent territoriyadan izladim. 98ta Zukhra ismli profil chiqdi. Birma bir ko'z yugurtirib oxiri Travel.uz nomli sayyohlik agentida ishlovchi o'zim izlagan Zuhrani topdim....
Xullas u bilan facebookda tuni bilan yozishib hangomalashib chiqdim. Nazarimda uning tanishlari juda ko'p edi. Negaki, menga javob smslari kechikibro kelar, va qisqa qisqa yozishga harakat qilardi. Shoshganidan bo'lsa kerak imloviy xatolar ham talaygina. Bu ozgina jig'imga tegardi, bugungina tanishgan bo"lsam ham nimagadir internetdagilardan qizg'onardim. Qisqasi, u mendan 2 yosh katta ekan (meniki 22da). Bu menga ozgina yoqmagan bo'lsa ham birinchi navbatda o'z vatanimdan bo'lgan qiz bilan begona yurtda tanishib qolganimga o'zimni ovuntirsam bo'lardi. U Melburnda yana 2 xaftacha bo'lishini aytdi. Bu xabarni eshitib kayfiyatim biroz tushgan bolsada unga buni sezdirmaslikka harakat qilardim.
...... Zuhra bilan 1 xafta ichida Melburnni uyog'idan buyog'igacha bo'lgan joyni aylandik. Rostanam, u juda quvnoq qiz edi. Xar kuni birga ovqatlanardik, shaharni yaxahi bilganim uchun uning uchun go'yoki gid edim. Bu orada o'qishlarim biroz passivlasha boshladi. Universitetga ham 1-2kunlab bormidigan bo'ldim. Zuhra bilan kunni o'tkazish yoqar edi. Har kuni kechga yaqin uni o'zlari joylashgan mehmonxonaga kuzatib qo'yardim. Xonaga qaytar ekanman xar kuni telimga "Bugungi kun uchun rahmat" degan xabar kelar edi.. U bilaan oramiz do'stlikdan ko'ra yaqinroq bo'la boshlaganini sezardim. Lekin bu yaqinlik qachondir yana o'z nihoyasiga yetishini men sezardim,shunday bo'lsada bu achchiq haqiqatni o'zimcha inkor etib qo'yardim......
...... 2 xafta shamolday o'tganini sezmay qolibman. Uning O'zbekistonga ketish kuni keldi hisobi. O'tkan vaqt ichida u bilan shunchalik yaqin bo'lib, unga bog'lanib qoldim. U bilan O'zbekiztonga ketishga ham tayyor edim. Faqat ota-onam ishonchi meni to'xtatib turardi. Universitetdan qaytar ekanman to'g'ri o'zimni xonamga borishga qaror qildim. Qanaqa qilib xonamni topib kelib, eshikni ochib kirib uxlaganimni bilmiman. Shunchalik qattiq uxlabmanki, telefonim jiringlaganini eshitmadim. Xuddi budilnik chalayotgande telefonim tinmay jiringlardi. Albatta, bu meni g'ashimga tegadi. Xoxlamaygina, telni oldim. Kimligigayam qaramasdan ko'tardim, ko'zlarim yumuq xaliyam.
-Allo
-Allo Behruz, qayerdasiz?
-Salom Zuhra, men xonamda edim, bugun negadir kayfiyatim ham yo'q, boshim qattiq og'riyapti. Universitetdagi problemalar sababli shunaqa bo'ldi. Uzr, yonizga bormoqchidim, ammo ilojini qilolmadim.
-Ee hay! Hozir yaxshimisiz, ertaga ketishimni bilasiza?
- Afsuski bilaman
-Nima bo'ldi, ovoziz g'amgin;-|
-Sabab bitta siz ketyapsiz
-Eee jinni shunga shunchami, internet borku, qolaversa 2oydan keyin siz ham Samarqandga qaytarkansiz.
Uning gaplari qulog'imga bunisidan kirib bunisidan chiqib ketar, gap mazmuni nima haqda borayotganligini anglayolmasdim. Niyatim nima? Nima qilmoqchi bo'lyapman? O'zimga o'zim savol berardim. Miyamga qurt tushgande go'yo. Aqlim joyidamas edi bu payt.
- Zuhra?
-Ha eshitaman
-Mehmonxonamni yoniga kelolasmi
-Nimaga?
-Shunchaki
-Behruz sizga hurmatim cheksiz,ammo hozir narsalarimni yig'ishtirayotgan edim.
-E haaa, shunaqami? Xullas kelolmisiz to'g'rimi?
- Siz meni noto'g'ri tushunyapsiz Behruz. Imkonim bo'lganda alabatta borardim. Axir shuncha yorsam berdiz, bitmasdek ko'ringan ishlarimga xal qilishda ko'maklashdiz. Xozir siz ahvolizni tushunib turibman, ruhan yomon ahvoldasiz. Shunday vaziyatda sizga yordam qo'lini cho'zolmayotganimga afsusdaman.
- Xijolat bo'lmang! Siz bilan o'tgan vaqtim go'zal o'tdi. Vatanimizga yaxshi yetvoling? Internetda xabarlashamiz ok. Shunday deb telefonni o'chirdim. Orqasidan yana qo'ng'iroq qilar,men esa bu safar ko'tarmadim. Xozirgi ahvolim o'zim uchun juda yomon, men uchun ruhan madad kerak edi. Madadkorim esa sms yozar , tel qilardi. Mendan esa javob yo'q. Oxiri ko'chaga chiqib kettim. Adashganning oldi yo'l deyishgan. Men ham oldimdagi yo'l qayooqqa boshlasa ergashaveribman. Goh yo'ldagi odamlargayam turtilib ketsam, ortimdan inglizchalab xaqoratlar, yoki telbaga chiqarar edilar. TELBA. Chindan ham bu so'z endi butun umr hamrohim bo'lib qolsachi. Behruz sen o'zinga keliahing kerak. U sendan 2 yosh katta axir. Senga yoqgani bilan oilanga to'g'ri kelmasligi ayonku. Esingni yig'. Ota-onang yaqinlaringni sendan umidi katta axir. Sen bu yerga nima uchun kelding. Qizlar kerak bo'lsa bu yerga kelishinga xojat yo'q edi. Sen kelajaging haqida qayg'urishing kerak. Ba s yetar de!
-Baaaaas , yetar! Bu so'zlarni qanaqilib aytganimni ham bilmayman. Yonimdagi bir ikki melburnlik menda uzoqlashganini sezdim faqat.
Honamga qaytib keldim, eshikni ochib kirishim bilan ortimdan Behruz degan ovozni eshitdim. Vujudimni qaltiroq bossada unga sezdirmaslik uchun harakat qildim. Ortimga qarasam, sezganimdek, Zuhra. Ochig'i, kutmagandim. Axir unda vaqt kamroq. Ertaga ketishi kerak.
-Iyyy.., Zuhra siz bu yerda nima qilyapsiz. Axir ertaga ketasizku.
-To'g'ri, ertaga ketaman. Lekin xozir yaqin do'stimni ahvoli yaxshimas. Bir ko'rib ketiy dedimda. Nime telefonlarim javob bermadiz?-u shoshilgan shekilli tinmiy tez tez nafas olardi.
Uni xonaga taklif qildim. U bu taklifimni biroz o'yladi. Qo'llari, barmoqlari bir biriga chirmashgan, qoshlarini xijolatomuz tutib, oyoqlari uchida bir ko'tarilib olib xonamga kirdi. Xonamni rasvosi chiqib yotibdi, bugun ertalab farroshlar tozalagan bo'lsada, menga o'zimni xonam rasvodek ko'rina boshladi. Men eshikni yopdim. U eshikni yopganimda ortiga qarab qo'ydi. Bu qarash bilan niMa haqida o'ylaganini sezdim. Xonamni ko'zdan kechirarkan, yomonmas deb qo'yardi. Stol ustidagi suratlarimga qarab, kulardi. Bu kulgu shunchalar go'zal ediki, hayolim, butun vujudim u tomon intila boshladi. Bir suratni tomosha qilardi, ortidan borib ikki yelkasidan ushladim va o'zimga tortib quchoqlamoqchidim. Shunda Zuhra qo'lidagi rasmni yerga tushurib yubordi.

Davomi bor...
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Ko`cha-ko`yda
Yozdi: Хумоюн [M] * (17 Iyl 2021, 01:10)
Ko'rilgan: 384
Reyting: 0
*0 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa