Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | O‘zingizni yo‘lbars qilib ko‘rsatmang (Islomda Ehtiros)
"O‘zingizni yo‘lbars qilib ko‘rsatmang"

Ko‘plab erkaklar ayollariga nisbatan o‘ta qattiqqo‘l munosabatda bo‘ladilar.
Aslida qattiqqo‘llik ayol shariat ahkomlariga zid ish qilganida qo‘llanishi lozim.
Odatiy holda esa unga yumshoq munosabatda bo‘lmoq joiz.

Uyga keldingizmi, unga tabassum qiling. Shirin so‘zlar bilan biroz erkalang, bo‘sa oling.
Ular shu narsaga muhtoj bo‘ladilar. Sizning bu harakatingiz esa ularning hushini oladi.
Bunday shirin onlarni atigi oddiy narsalar ta’minlaydi xolos.

*

Ba’zida unga oddiygina muzqaymoq olib bering. Bu atigi 2000-3000 so‘m turadi. Kichik sovg‘a bo‘lishiga qaramay unda olam-olam quvonchni ko‘rasiz.

Ular tabiatan shunday - har bir mayda narsalarni olamga tenglashtiradilar.

*

Masalan, ko‘cha boshidagi kichik bir gulni uzib, unga hadya qilsangiz, uning quvonchidan o‘zingiz ham taajjublanasiz.

Hattoki uyga katta muzlatkich olib kelsangiz ham, kichik bir gulchalik quvonganini ko‘rmaysiz.

Alloh ularni shunday nozik fitratda yaratgan.

@islomda_ehtiros telegram kanalidan ilindi!
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Foydali maslahat
Yozdi: ᴇɢᴏɪsᴛ [H] * (31 Iyl 2020, 06:27)
Ko'rilgan: 52
Reyting: 1
*1 | 0*
Fikrlar: (1)
*Xabar:

♡ Mιττι Qαγsαrςhα ♡ * (31 Iyl 2020, 18:39)
Yaxwii
Bosh sahifa