Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Jinsiy aloqa haqida notoʻgʻri tushuncha [Islomda ehtiros]
Hozirda yosh oilalar o‘rtasida ro‘y beradigan aksariyat tushunmovchiliklarning sabablaridan biri - jinsiy hayot borasida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lganliklaridir.

Yosh muslimalarimiz uchun jinsiy aloqa bu - er o‘z shahvatini qondirishi uchun yagona omil deb qaralsa,
yosh yigitlarimiz uchun esa bu - nafsni jilovlashning birdan-bir yo‘li deb qaraladi.

Qaysidir jihatdan to‘g‘ri fikrlar. Ammo yondashuv no‘to‘gri!

*

Jinsiy aloqa bu - san’at!

Shahvatning lazzat istashi - sevgi-muhabbatning yuqori cho‘qqisidir.
Bu lazzatni ikkala tomon uchun birdek ta’minlash esa - mahorat!

*

Qachonki ayol jinsiy aloqaga "shavhatbosti faoliyat" deb emas, alohida bayram sifatida qaray boshlasa oilada muvozanat iziga tushadi.

Iziga tushibgina qolmasdan, o‘zaro sevgi-muhabbat yanada mustahkamlanadi.

Chunki bayramga doimo alohida tayyorgarlik ko‘rilgan.

*

Ko‘pincha ayollarning erining xiyonatidan nolishi, ruhiyati tushkunlik ummoniga botib, o‘zini keraksizdek his qilishiga guvohi bo‘lamiz.

Bunday holatda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tan olishga esa kibri izn bermaydi.

Tabiiyki, ayolda "Uni nimasi mendan ustun bo‘ldi?" qabilida savollar paydo bo‘ladi.

Zimdan nazar tashlansa, u ayolning hech qanday ustun jihati yo‘q. Shunchaki u ayol:

✓o‘ziga oro beradi
✓hushbo‘y ifor taratadi
✓chiroyli liboslarini kiyadi
✓erkakni shahvoniy tabassum bilan kutib oladi.

Bu ayol unday qila olmaydi, deb o‘ylaysizmi?

Aksariyat ayollarimiz kun bo‘yi uy ishlari bilan band bo‘lishlarini ro‘kach qiladilar.

Lekin g‘usl qilib, jilovlanar libos kiyib, hushbo‘ylanib, erni tabassum bilan olish uchun hech qanday mashaqqat yoki katta vaqt talab qilmaydi.

*

Nima uchun yuqoridagi oddiy omillarga ahamiyat berayabmiz?

Erkak kishi doim uyiga otlanar chog‘, uydagi manzarani ko‘z oldiga keltiradi.

Tahminan bunday manzara 95% erkaklarda gavdalanadi:

"Xotin uyda. Kartoshka archiyabdi. Qo‘lida pichoq. Uyni yog‘ hidi boskandir.
Xotin hali ham o‘sha libosda. Ishqilib bugun terlamaganmikin? ..."

*

Ammo uyga kelsa vaziyat o‘zgacha:

Uydan atir-upa ifori kelayabdi.
Yog‘ning hidi yo‘q.
Xotin oshxonada.
Tor libosi e’tibor ovlaydi.
Ifor esa undan kelayotgan ekan...

*

Ayol eri kelganini bilib, makkorona uni tabassum bilan kutib oladi.

Erdagi hayratni qo‘yavering, u bugun nima istashini tasavvur qilayabsizmi?

*

"Keldingizmi? Ovqatingiz tayyor, yeb oling!"

Keling, ushbu iborani biroz o‘zgartiraylik:

"Kun bo‘yi sizni kutdim. Bugun o‘zgacha his bilan kutdim. Shu bois eng darmon va quvvat bo‘ladigan taom tayyorladim" qabilidagi so‘z bilan bugungi lazzatga ishora qiladi.

*

Bu aslida ayolning g‘alabasi!

Ayol ana shu kundan boshlab yosharibgina (bu haqida keyinroq) qolmasdan, kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ladi.

*

Bir narsani tushunish lozim,
bir-birimizni quvontirish ko‘p narsa talab qilmaydi.

Zero, ayolning eng yaxshisi - eri qaraganida ko‘zi quvnaydiganidir.

@islomda_ehtiros telegram kanalidan olindi
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Foydali maslahat
Yozdi: ᴇɢᴏɪsᴛ [H] * (30 Iyl 2020, 13:46)
Ko'rilgan: 43
Reyting: 2
*2 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa