Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | diana sevardim 9(yohud girdobdan qabrning xalos etilishi) 1-qism Anvarning tarixi
Qabr oldida turarkanman Asal meni qattiq quchoqladida ko`zidan yosh siza boshladi. -Anvarning iltimosi esingdan chiqmasin, iltimos , dedim, -shunday bola uvol ketdi, uvola uvol yana umri bor edi xor qilishdi , deya dardini chiqara boshladi Asal. -Men gunoh ishga qo`l uraman menga ishona olasanmi nima bo`lgan taqdirda xam , deya uning munchoqdek ko`zlariga qaradim. -Anvar ishongan , men ham ishonaman, dediyu mahkam quchoqladi meni. Anvar Texasga endi kelgan paytlarida uning darslardagi faol qatnashishi hammani e'tiborini jalb qilgan edi. Nimadir bo`ldiyu mening unga ishim tushdi, yakuniy semestr payti edi.Hamma tayyorgarlik bilan ovvora Semestrga emas balki eng zo`r loyiha(buni ayta olmayman) bo`yicha tanlovga edi. Uning oldiga borib , qara nimadir yetishmayapti deb borsam, u 4tadan ko`p loyiha tayyorlagan ekan, ularni chekkaga surib mening loyihamni ko`rib chiqdida, boshlanishini noto`g`ri boshlagansan shuning uchun ham buyog`i xato ketgan, deb hatolarini to`g`irlay ketdi. Bir nafas hamma hayron qolgan, hammaning ko`zi Anvarda edi, chunki u shunchalik mavxum ediki Salom bersang alik olmas zo`rlik qilsang popugingni pasaytirib qo`yadiganlar xilidan, hamma bn ham chiqishavermas edi. Menga yordam berayotganidan o`zimda yo`q xursand edim. -Anvar, dedim
-Ha
-raxmat senga, nega yordam berayapsan , axir konferensiya zalida biz raqib bo`lamizku,desam
-sergap ekansan,degan edi, aslida butun kollejda mendan kam gapiradigan odam yo`q deb tanilgan edim. Qandaydir tuyg`u o`ziga tortar edi. Bo`yi mendan 5-7 sm pas, hatto mendan yengil edi yaxshigina, ko`zlari uni hammadan ajralib turar, o`zini tutishi ham o`ta o`zgacha ko`chalarda yurganida Enrique Iglesiasning - Bailando qo`shig`i berib qolganida o`yinga tushib ketgan edi Ispancha, keyinchalik bilsam bu Anvarning atiga 1%lik qirrasi ekan xolos.
-senga evaziga pul mul bersam kelishsak bo`ladimi,degandim o`shanda u bo`lsa
-chakagingga pul bersang 1ta musht tushadi , kelishsak bo`ladimi degan edi , butun yig`ilgan va bizga tikilib turganlar gurillab kulib yubordi. Men o`zimni izza bo`lgandek his qildim.
-ko`p gapirib yubording,dedim
-gapni sen boshlading
-o`zingni kim deb o`ylayabsan, degan edim, loyiham ustida ishlashdan to`xtamay davom etar edi, men unga o`lay agar hayron qoldim, keyin:
-konferensiyadan keyin darding bo`lsa aytasan alohida joyda hozir bo`lsa ishingni qil, dedi menga, uning gapida ma'no ko`p edi. Loyiham ustida 27 daqiqa ishladiyu -Ross buyoqqa kel, dedi. Xonadagi barcha tayyorgarlik ko`rayotganlar ishlarini to`xtatib Anvarga dik etib qarashdi.
-tayyor loyihang , qoyilmaqom , dedi
-mmeennn... degan edim u ishiga sho`ng`ib ketdida yana bir bor ko`nglimga yaqin keldi.Konferensiyaga 5 daqiqa qolgan edi Anvar: hammaga omad dedida xonadan chiqib ketdi, ortidan bo`lsa kamida 9-10 ta qiz -and for u too deb baqirishdi, men shuncha yil o`qib bunchalik obro` topolmagan edim, bu umuman o`zga dunyo edi. Konferensiya boshlandi Austin xalqaro kolledji, pc havfsizligi bo`yicha eng sara 9ta o`quvchi loyiha tayyorlagan edi, hammaga raqamlar berildi ketma ketlikda, Xalqaro Kiber razvedkadan professorlar , xatto Texas,Austin himoyasi bo`yicha bosh lavozim egasi ham kelgan edi. Zal juda keng taxminan basketbol maydonidek kelar edi. professorlar, boshliqning xammasi sudya o`tiradigan joyga o`tirdilar. Men 8-raqamga tushdim Anvar esa 9-ga, birin ketin loyihalar ko`rsatila boshlandi, biri ESET NOD32 ni maqtab yangilik kiritganligini aytib qoldi, bu mening loyihamda ham bor edi, lekin professorlar bunga qiziqmadilar ham ular oddiy suhbat qurishar va gapirayotgan o`quvchiga nazar tashlashmas edi. 6-raqam ham keldi Kasperskiyga VPN qo`shganini aytdi, shunda professor o`rnidan turdida, -VPN dan maqsad, dedi o`quvchiga nazar tashlab,
-VPN orqali Kasperskiyning internetda cheklovlarsiz harakat qilishi va bunga ko`p odam qiziqishini aytdi.Professor bo`lsa:
-inobatga olamiz,deya o`rniga o`tirdi.Navbat 7-o`quvchiga keldi, uning gapirgan gapini hech kim tushunmadi ham o`ziga o`zi bir balolarni slaydni ko`rsatib chiqib ketdi.Navbat menga keldi, boshlovchi chiqdida :
Austin xalqaro kolledjining eng perspektiv o`quvchisi Ross William Ulbricht , deya meni qarshi oldi, butun kolledj qarsak chaldi, professorlar esa buni kutmagan edi.
-Men William Ross sizlarga ESET NOD32 dan yangi himoya,ya'ni web himoyani taqdim etaman, deya slaydlarni ko`rsatdim, professorlar turib qarsak chalishdi, butun zal qarsak chaldiyu ammo , razvedka boshlig`i turmadi.Professor:
-Inobatga olamiz hozircha 1-o`rindasiz Janob Ulbricht, dedi, men mamnun joyimga keta boshlaganimda zal yana qarsak chaldi, gurillab. Joyimga o`tirdim. Boshlovchi yana saxnaga chiqdiyu meni hayron qoldirdi, chunki 8ta odam ichida faqat meni e'lon qilgan edi.
-Janoblar kolledjimizning yangi va hozircha Mavhum o`quvchisi, shunga qaramay Kursdagi eng aktiv o`quvchi *.*. Anvar(buni ayta olmayman) deya e'lon qildi, zal bo`lsa boshqacha qarsak chaldi, hamma formada u bo`lsa oddiy futbolka, shortik, krasovka , sportivkada edi. yengini tirsagigacha shimarib olgan edi. Anvar chiqdiyu mikrofonni olib so'z boshladi:
-avvalam bor hakamlarga savolim bor, dedi.Hakamlar esa buni kutishmagan va dovdirab qolishdi, shunda boyagi professor turib, bemalol Janob Anvar ,dedi.Shunda Anvar ochiqchasiga tanqidga o`tdi bunday qilishga hatto mening xam qurbim yetmagan bo`lar edi:
-Janobi hakamlar va professorlar, deya kesatib gap boshladi, hamma hayron qoldida Anvarning yuziga tikila boshladi,-sizlarning hurmat borasidagi ma'naviyatingiz yo`qga o`xshaydi, 6 ta odamni bexurmat qilib gaplashib o`tirdingiz, kimdir bu kolledjda o`zining kuchi bn o`qimoqda kimdir esa otasining puliga ishonib, Texas kolledjlariga,davlatning kelajagiga shunchalik beparvoligingizni qanday izoxlay olasiz, deya professorlarga yuzlandi. Butun zal shokda edi, bunday gap umuman kutilmagan joydan chaqmoq urgandek professorlarning boshiga urildi, hatto Xalqaro razvedka boshlig`i xam o`ychan Anvarga tikilib qoldida o`rnidan turdi. Sekin Anvarning oldiga bordi:
-ochiqchasiga tanqidingga javobim, bunday loyihalarni hamma joyda ko`rganmiz va ularni 6 ta o`quvchi ko`chirib olgan ,o`zining mehnati singmagan o`quvchilarga bizning hurmatimiz shu, deya javob qaytadi.
-Anvar loyihangizni ko`rsating, qulog`imiz sizda , dedi razvedka boshlig`i uning oldida turib.Hammaga hozir bu beo`xshov yigitning miyasida nimalar borlgi qiziqtirar edi. Anvar gap boshladi:-Men yangi 360ts Antivirusini yaratdim,Internet xavfsizlik, Surfeasy kompaniyasi tomonidan berilgan 500mb gacha tekin VPN xizmati, Bad Rabbit, WannaCry encrypt viruslariga qarshi , descrypt formulalar to`plami, fayllar xavfsizligi uchun yig`ilgan aloxida bo`lim, ishlatishga oson va premium bo`limda 1 oygacha tekin namuna, disk analizi, kompyuterni tezlashtirish bo`limi, tez va ishonchli tekshirish xizmati, karantin xizmati va eng ustun qismi u fayldan virus topsa o`chirib tashlamaydi balki u faylni davolaydi va virusni chiqarib tashlab sizga o`ingizning faylingizni yangi tug`ilgandek qaytarib beradi, xammasi 1dona yangi 360ts antivirusi ichida atiga 83.45 mb lik sistema degan edi, butun zal tomni ko`chirib yuborgudek hushtak chalib qarsak chala boshladi. Razvedka boshlig`i , Austin xavfsizligi boshlig`i turib uning oldiga borishdida qo`lidan siqib tabriklashdi. Anvar esa loaqal kulib ham qo`ymadi, u o`zini idora eta olishi bn yana bir bor ko`nglimga yo`l topgan edi. Shu payt qarsaklarni professor tindirdida: -Janob Anvar , nega siz formada emassiz, deya alam bilan qaradi uning niyatini hamma tushundi. Shunda Anvar yana hech kim kutmagan javobni berdi:
-sizga oldingizda turgan odamning usti boshi muximmi yoki uning innovatsion g`oyasimi , deya javob qaytardi. Professor lom-lim deya olmay joyiga o`tirdi. Hech kimning Anvarning usti boshi bn endi ishi yo`q edi, hammaning orzusi uning yangi g`oyasidan foydalanish edi. Hakamlar o`tirishdida muhokama qila ketishdi Anvar esa Zal o`rtasida stulga o`tirgancha yerga qarab o`tirardi, hech kim bn ishi yo`q edi uning. Hakamlar uzoq muhokamadan so`ng:
-Janob Anvar sizga yangi lavozim Texas va Shtatlar tomonidan yiliga 140 000$ lik Cyber Security bo`yicha ishga taklif qilamiz, istalgan dunyoning burchagida ishlashingiz mumkin, rozimisiz, deya javob berdi, Yig`ilganlarning qulog`i unda edi, Anvar 10 soniya sukut saqlab, yerdan boshini ko`targancha sekin jilmayib , -Shunday bo`laqolsin, deya javob berdi. Zaldagi olqishlardan quloq qomatga kelar edi, Anvarning oshiqlari endi ko`payishi aniq edi uni hursand holda ilk bor ko`rishim va baxtga qarshi ilk va oxirgi bor ko`rishim ekan. O`sha paytdagi hursandligi hali hamon esimdan chiqmaydi,bechora do`stim, razvedka boshlig`i uni
-Kutib oling dunyodagi eng yosh, Cyber Security ishchisi, endilikda Texas bo`yicha eng iqtidorli yosh mutaxassis , Austin qaxramoni Janob Anvar, dedida uni quchoqlagan edi, Amerikada odam odamni hech qachon quchoqlamas edi lekin buni men ilk bor ko`rishim edi. Unga mukofot sifatida konferensiyadan so`ng 200 000$ mukofot berishdi, bu Bostondagi, Masachusets universitetining Cyber Security bo`limiga kirishga bemalol yetar edi, uni endilikda dunyodagi har qanday Institut xam imtixonlarsiz hatto grand asosida o`qishga olar edi. U hammaning oldidan chiqdida mening oldimga keldi va yur ortimdan dedi, o`quvchilar ergashgan edi, -men sizlarga aytmadim buni, dedi. pastga tushdik, eshikdan chiqdigu Kolledj orqasidagi Katta futbol maydoniga bordik. Konferensiya bo`lgani uchun hech zog` yo`q edi. -darding bormi endi gapir,dedi.
-meni boya izza qilding
-sening o`zing buni tilab olding
-yigit olov bn o`ynashma meni kimligimni bilmaysan ,desam
-bilaman kimligingni, osmondan kelayotgan nodonsan, dedi, gaping bormi yana ?
shunda Jigariga bor zarbim bn bir urdim , u to`lg`anmadi ham, sekin Jigari tarafga qo`lini olib bordida,-ana urding biror narsa o`zgardimi , dedi.
Bu safar endi u meni ishonchimi qozongan, boshqacha qilib aytganda 1-do`stim edi.-Kechir,degandim, chakagimga musht kelib tushdi.
-boya aytkandim senga kelishsak bo`ladimi, deb degan edi, yugurib belidan ushladimda tepaga qarab otib yubormoqchi edim oyoqlari bn qo`ltiq tarafimning tagidan mahkam qisib oldida juda tez aylanib umuman boshqacha usulda boshimni oyog`i bn qisib olib , qo`li bn oyog`ini bir biriga maxkam qisdida meni yiqitdi, men uning tanasiga zarba berdimu lekin tez hansirab qoldim, bo`ynim bo`g`iqligidan, yanayam qattiqroq qisdida: -buni o`zing xoxlading men emas dediyu meni itarib yubordi.
-kuching ko`p bo`lsa foydali narsaga ishlat bexudaga emas deya, qo`lini uzatdi, qo`lidan ushlagandim o`ziga siltab tortdiyu turg`izdi.
-Bilagingni och yelkanggacha, dedim, sekin shimara boshlagandi judayam baquvvat qo`llar bo`rtib ketgan tomirlar sportivka ichidan taqillab chiqa boshladi, -Jigaringni och ,dedim, qotib ketgan presslar ko`zim oldida namoyon bo`ldi, lekin Jigari qontalash bo`lib qolgan ekan, -nima bo`lgan ,desam, menga o`zi haqida qisqacha gapirib berdi, men bo`lsam lom-lim deya olmay -kechirolsang kechir meni bilmagan edim desam
-Ross men bn ketasanmi dedi
-Qayerga
-O`zbekistonga u yerda ta'lim juda zo`r emas lekin men bn bo`lishingni xoxlardim, sening qobiliyating bor, menga ishona olsang ishon , puldan xavotir olma, deganida ko`nglim negadir orziqib ilk do`st orttirganimni sezgandim. O`rnimdan turgan edim Anvar negadir tura olmadi.
-Nima bo`ldi?
-yura olmayman bir pas dam olay deya o`zidan keta boshladi, qo`rqib ketdim, urganimga mingdan ming pushaymon bo`ldim boyagi izza bo`lganim alamini endi do`stimning joni egallagan edi. Sekin yelkasining tagidan ko`tarib -uying qayerda dedim.
-Bridge street,82A 91 dedi, u holsizlanib qolgan edi, uyiga oborish niyatim bor edi lekin taksiga yetganda uyog`iga o`zim deya taksiga o`tirdi, tentaklik qilma degan edim, menga shunday qaradiki qanday qilib taksidan chiqib olganimni sezmay qoldim, u bn tortishgandan foyda yo`qligini sezgandim. Shu bn Austinning eng namunali o`quvchilari sifatida ikkimizni tabriklashdi, biz Anvarning Aytgan davlatiga bordik, keyin bilsam bu uning ona yeri ekan. U yerdagi xarobasini buzdirib, yangi uy soldirdi mukofotdan tushgan umumiy 500 000$ ni 4/3 qismini ota onasiga negadir bilganingizni qiling meni bezovta qilmang deya o`ziga yangi uy qurdirdi unga SL house deya nom berib ota onasini shu yerga joylashtirdi , shaxarning boshqa chekkasidan yana uy qurdirib SLhouse 2 deya nom berdi, pulining tagi ko`rinib qolgan paytda uning visa kartasiga yangi ish joyidan yaratgan programmasi uchun 2 400 000$ miqdorida pul o`tkazildi, endi u boy edi, lekin bu bn maqtanmasligi, nafsga berilmasligi bn meni yana hayron qoldirdi. Menga ham uncha uzoq bo`lmagan joydan Sl house 3 deya yangi joy qurdirib berdi kamida 200-300 000 $ atrofida pul sarfladi ,o`zimga esa ehtiyoj uchun deya 100 000$ berdi. Men boshida olmayman kerak emas hech narsang deganimda esa, -men uchun sendan yaqin inson yo`q mening ko`nglimni og`ritma dedi. u boy bo`lsada yangi ochilgan 10-sinfga topshirdi. Men umuman O`zbek tilini bilmas edim lekin odamni odam o`zgartira olar ekan. U boy bo`lsada o`qir edi, o`qishdan keyin o`zining ishida online ishlar edi. maktab boshlanganda hamma menga g`alati qarar edi. Ism sharifimga hammaning ko`zi katta katta bo`lar edi, keyinchalik so`rasam Anvar: -Sening muxlislaringda deb qo`ya qolgan edi.
bir Kuni Diana degan qiz bn o`tirdida nmalarnidir gaplashib ketishdi, so`ng qiz xonadan chiqib ketdi, Anvar bo`lsa oldimga keldida hoziroq uyingga borda meni nomimdan ishlab tur maktabdan havotir olma deb qo`ya qoldi. men esa Uyga borib Anvarning 1 oylik ish rejasini 14 kunda yopishim kerak edi, vaqt o`tdida qo`ng`iroq bo`ldi,Bu Anvarning doktori Asal ekan, do`stingiz urishayapti deyishi bn, yangi olgan mashinamga o`tirdimda uchib bordim, uy kiyimida mayka va shortikda chiqib ketgan edim, soatiga 120km/s da ketdimda maktab oldida to`xtatdim qarasam maxallada Anvar yiqilgan uni tepishayotgan ekan. Yugurib borib 1tasin orqasidan progib otib boshini yordim, 2tasi men tarafga yugurdi, endi bayram qilmoqchi bo`lganimda Anvar 1tasining boshiga chiqib olib tirsagi bn bor kuchi bn urdi, bola yerga yiqildi, 1 bola devorga suyanib o`tirgan ekan yuzi qon, Anvar chakagiga yaxshigina tushirgan bo`lsa kerak hiyol qiyshaygan edi. Gaplashib ketishdi tez tez gapirishlaridan boshida sal tushunmay qoldim, keyin shuna boshladim. Yo`q paytimda nimalar bo`lib ketibdi, bechora do`stim noto`g`ri bosgan qadamlari uchun azob tortishi aniq edi. O`sh kundan boshlab Asal uning tepasidan ketmadi, men xam. Tobi yo`q yuragi qizarib nafas olishga qiynalar edi. keyingi kuni hospitalga yotqizdik, doktorlar, kritik kasallik yurak kasalligi kelib chiqishi no'malum ko`p yashamaydi deyishdi. shu gapni eshitishim bilanoq eng aziz insonimdan ayrilayotganimni xis etdim. Shunda Asal koridordagi skameykaga o`tirdida devor tarafga qarab ho`ngrab yig`lab yubordi, hiq hiq yana ho`ngrab battar ho`ngrab, shunaqa yig`lar ediki soat 01.45 bo`lgani uchun hech kim eshitmas edi. Oldiga borsam sochlari to`zg`ib tez tez nafas olardi, tinchlaning Asal degandim yelkasidan ushlab, yelkamdan quchoqladida battar ho`ngrab yig`lab yubordi.
-nima gunohi boridi aybi tug`ilganimi, nega bundaylar ustiga shunday beshavqatlar tushadi, adolat qani dediyu hiqillab yana ho`ngradi, yelkasi ortidan sekin sizib chiqqan ko`z yoshimni artdim,-o`zingizni bosing, iltimos o`zi eshitmasin, dedim. -Ross o`zing ayt shuncha joydan seni uning yaxshi inson bo`lganligi yetaklab keldiku to`g`rimi, yosh ko`rinsada ne ne savdolarni oldi u, endi buyam kammidi, 1-marta yurak og`rig`idan tushganida o`limdan bir qaytgan edi, endi esa endi esa... -tshhshhsh Asal bo`ldi, uni qiynamang eshitib qoladi,dedim, qanday bu axvolga tushdi degandim menga boshidan o`tgan yo`q paytimdagi 10 kun ichida nima bo`lganligini aytib berdi(diana sevardim 1,8 ) , bularni eshitarkanman, esankirab qoldim, Navbatchi do`ktor keldida oldimizga: -Anvar sizlarni chaqirayapti,dedi. Oldiga kirdik, baquvvat qo`llri so`lib qolgan, ko`zlarida avvalgi chaqmoq ham,hamma hammasi so`ligan edi. -Do`stim Asalni ehtiyot qil senga ishonaman, dedi, Asal bunga chiday olmay yana ho`ngradi, bundan Anvarning jaxli chiqdi va sal yuzi bujmaydi, sezdim yuragi og`ridi. Asal chiqib turing iltimos dedim men, chiqdida koridordan hiq hiq deb keta boshladida uzoqdan pasgi etajning tashqari tarafidan yana yig`i ovozi keldi. -Do`stim men hammasi...
-to`xta Ross,ko`zining rangi o`zgardi, judayam qo`rqib kettdim, qabrim ustida yig`lamaslikka va'da ber.. bo`l
-va'da beraman
-Do`stim hayot bu roman, hamma o`z romanining qaxramoni bo`lishi kerak, meni ke... dedida sal yuragini ushladi, kechir do`stim, men menn... men. o`z z.z romanim q..a.xxramoni bo`la olmadim, kechir ko`zlari jigarrangdan tim qoraga aylandiyu kattalashdi AAAAAAAAAAAAAAAAAAA AANNNNNNNVAAAAAAAAAAAARRRRRR **** Dafn marosimiga Texasdan o`sha Anvarni quchoqlagan razvetka boshlig`i keldi,xatto Qabrini ko`tarishdi xam, uni yerning bag`riga topshirgandan so`ng u qanday odam degan savol berdi, Asal meni quchoqlagancha ko`zlari qizarib hiqillab gapiradigan ahvolda emas edi, men gap boshladim:
-O`zbekistondan u hayriya ochib muxtoj va yetimxonalarga pul ulashmoq uchun pul qoldirgan edi lekin niyati amalga oshmay qoldi... Asal davom ettirdi: -udek inson hayotga 1 marta keladi, yaxshi inson edi faqat uning yaxshiligidan hayvonlarcha foydalanishdi degan javobni berdi. O`sha odam qiladigan ishini qildiyu ketdi. Razvedkachi ham hamdardlik bildirdi.Asal:
-endi usiz nima qilaman
-men borman , uning ishini men davom ettiraman, bosgan qadamining girdobidan o`zim olib chiqaman
-Anvar sizga ishongan men xam ishonaman...
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Zo`rlashlar
Yozdi: Хумоюн * (29 Iyl 2020, 19:56)
Ko'rilgan: 26
Reyting: 0
*0 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa