Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Odam va Shayton
Odam va Shayton

Rivoyat qilinadiki Odam alayhissalom kelib Alloh taologa dedi:
- "Ey Robbim İblisni mening (bolalarimning) boshiga balo qilding men uning vasvaslaridan o'zimni faqat Sening yordaming bilan himoya qila olaman".
Alloh marhamat qildi:
-" Har tug'ilgan bolangga bir himoyachi farishta vakil qilib qo'yaman".
Odam:
-"Yana nima".
Rabb:
-"Bir savobga o'n savob beraman".
Odam:
-"Yana nima".
Rabb:
-"Jonlari tanlarida ekanligida tavbalarini qabul qilaman".
Odam:
-"Yana nima".
Rabb:
-"Ularni afv etaman".
Odam:
-"Yetadi, Yo Rabb".

Oradan bir muncha vaqt o'tgach Iblis alayhila'na kelib dediki:
-"Yo Rabb, Odamlar uchun payg'ambarlar yubording, kitoblar indirding Qani mening payg'ambarlarim? ".
Rabb:
-" Qohinlar folbinlar sening payg'ambarlaring".
Iblis:
-"Kitoblarim nima bo'ladi? ".
Rabb:
-" Igna bilan badanga solingan rasmlar ham senga kitoblar o'rnida o'taveradi".
Iblis:
-"Hadisim nima? ".
Rabb:
-" Yolg'on".
Iblis:
-"Qur'onim nima? ".
Rabb:
-" Qofiyali safsatalar maddohlikdan o'zgasini bilmaydigan she'rlar".
Iblis:
-"Muazzinim kim? ".
Rabb:
-" Mazmunsiz shovqin taratuvchi cholg'ular".
Iblis:
-"Masjidim qayer? ".
Rabb:
-" Tungi ko'chalar".
Iblis:
-"Uyim qayer? ".
Rabb:
-" Hammomlar".
Iblis:
-"Yeydiganim nima? "
Rabb:
-"Harom yo'l bilan yo ishlamay topilgan taomlar".
Iblis:
-"Ichadiganim nima? "
Rabb:
-"Aql idorasini yo'q qiluvchi ichimlik va karaxt qiluvchi moddalar".
Iblis:
-"Tuzoqlarim nimadir? ".
Rabb:
-" Buzuq xotinlardir"
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Boshqalar
Yozdi: * |Kichkintoy| (12 Iyn 2020, 18:09)
Ko'rilgan: 87
Reyting: 4
*4 | 0*
Fikrlar: (2)
*Xabar:

* |Kichkintoy| (25 Iyn 2020, 08:19)
♡☆丨几ㄒ丨乙ㄖ尺 乇尺Ҝ卂ㄒㄖㄚҜ卂☆♡, Raxmat
* ♡☆丨几ㄒ丨乙ㄖ尺 乇尺Ҝ卂ㄒㄖㄚҜ卂☆♡ (23 Iyn 2020, 21:54)
malades udar bopti 5+++++
Bosh sahifa