Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Nomsiz
​​​Dunyodagi eng qisqa 15 ta hikoyani bilasizmi? Ularning hajmi kichik, mazmuni esa juda katta yechimga ega! Marhamat ular bilan tanishib chiqing, ma'nosini tushunishga harakat qiling.

1-hikoya Hayrat.
U xotinining qotiliga sut ichirardi.

2-hikoya Robiya.
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

3-hikoya Eng qisqa hikoya.
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

4-hikoya Qasd va xalos.
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

5-hikoya Taqdir.
Vaqtlararo sayohatchining hayoli: «Parol» nima edi-ya?

6-hikoya E’lon.
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar .

7-hikoya Tarjimai hol.
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

8-hikoya Umid.
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”

9-hikoya Yolg’izlik.
Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o’tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…

10-hikoya Yotoqxona.
Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…

11-hikoya Gunohkor.
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.

12-hikoya Optimist.
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…

13-hikoya 6 so’zli hikoya.
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.

14-hikoya Mas’uliyat.
Yetti bolaning kiyimlari og’irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.

15-hikoya Qo’rquv.
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay. <hr/><img src="/images/favicon.png" width="16px"> <span style="font-weight: bold;"> Joziba.Ru - Eng jozibali portal </span>
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Boshqalar
Yozdi: * ₭๑ק๑ภεβล [M] (5 May 2020, 17:28)
Ko'rilgan: 182
Reyting: 7
*7 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa