Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Nafisa
1998-yil,Samarqand. -Uka iltimos mana bu sumkamga qarab tur,vagonda yana yukim bor olib chiqay. Anvar o'zidan katta zamonaviy kiyingan ayolni iltimosini yerda qoldirolmay xop dedi. Kattagina chamadon ko'tarib ko'rdi og'irgina ekan,shu vaqt yer chiqdimi,osmondan tushdimi ikta militsioner lop etib Anvarning qarshisidan chiqdi. -Bojhona nazoratchi Leytenant Umarov chest berdi bittasi.Iltimos buyruq bo'yicha tekshiruv qilayapmiz sumkangizni va sizni nazorat xonasiga olib ketamiz! -Tushunmadim,tekshiruv..bu sumka meniki emas egasi qolgan narsalarini olish uchun vagonga kirib ketgandi. -Yaxshi,qolgan gaplarni ichkarida gaplashamiz,yuring tez-tez! -Aka uzr anglashilmovchilik bo'layapti...aka..iltimooos... Sumkadan chiqqan xujjatsiz ayollar ro'moli,tasbex va bir qancha ekstremistik jihod ruhidagi bir qancha kitoblar Anvarning taqdirini qora yo'lga burib yubordi. Oktyabr oyi sud binosi... Sudlanuvchi Nabiyev Anvar Murodovich O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiasi qonunlariga binoan 11yil-u 7oy ga qamoq jazosiga hukm qilinsin,Marxamat sudlanuvchi sizga so'ngi so'z. -Dada oyi meni aybim yo'q ishoninglar Nafisani sizlarga sizlarni Ollohga topshirdim ukam Javoxir o'zing oilamizga ko'z quloq bo'lib yur. Sud zalida onaning faryodiyu 6 oylik kelinchak Nafisaning mungli nigohlari qoldi. Qorli sovuq kunlar o'tib baxir keldi keyin yoz kuz yana qish shunday qilib oradan ikki yil o'tdi,bu orada Xalim akaning (Anvarning dadasi)xonadonida chiroyligina qiz tug'ilgandi,Anvar va Nafisaning qizi!Nafisa yetimlikda tog'asining qo'lida o'sgan qiyinchilik ko'rgan qiz edi.Sabr bilan erining muddatini tugashini kutar,kim biladi balki boshqa ayol bo'lganda uyiga ketib qolgan bo'larmidi!Lekin Nafisa ko'z ochib ko'rgani Anvarni qattiq sevardi. Diniy kategoriyaga aralashib qolganlarga amnistiya chiqarilmas iloji bo'lsa ularni og'ir mehnat ostida adoyi tamom qilishardi.Anvar ham o'ziga o'xshab qamalganlar bilan ko'mir konida 6oydan beri og'ir mehnat ostida ishlab kelardi.Kamiga izg'irin sovuq va toza havo yetishmasligi oqibatida mahbuslarning sillasi qurib borar bir oyda bitta iktasi narigi dunyoga ravona bo'b ketardi,shunday kunlarning birida kondan bir mahbus qochdi,uni sezib qolgan qo'riqchi yigit oyog'idan otaman deb mahbusni boshidan otib qo'ydi.Maxbusning yuzini tanib bo'lmasdi bo'lmasdi,kiyimidagi raqamga qarab uning Nabiyev Anvar Murodivich ekanligini aniqlashib,bu ishni mahbuslar orasida tartibsizlik bo'lmasin deb imi jimida o'likning uyidagilariga qora hat bilan tobut ham jo'natishdi. Xalim aka o'g'lining o'limidan mini infarktni boshidan o'tkazdi,agar bu hol takrorlansa oqibati yana bir o'lim bilan tugardi.Marakalar o'tib aza kiyimlari yechilgach Nafisa qaynonasining oldiga borib,uydan ketmoqchiligini aytganda Anzirat xola(Anvarning onasi) yig'lab siqtab uni olib qoldi.Oradan oylar o'tib ayriliq yarasi bitayotgan vaqt Xalim aka o'g'li Javoxirga qarorini aytdi:Javoxir seni uylantiramiz!Nafisaga! -Dada?! -Gapimni ikki qiladigan bo'lsang mening senday farzandim yo'q,bilib qo'y akangning zurriyodi o'zgalar qo'lida qoladigan bo'lsa sendan u dunyo-u bu dunyo rozi emasman. Javohir noiloj qoldi,sevgan qizi bor edi bu gapdan habar topib arzlab bir boy honadondan kelgan sovchilarga rozilik berib yubordi. Kichginagina to'y bo'ldi,qarindosh urug' yaqin qo'shnilar kelib ketishdi.To'ydan so'ng kuyov va kelin chimildiqda yolg'iz qolishdi,lekin yangalar rasm rusmlarni qilishmadi kuyov og'rinmadin deb. -Yanga,..uzr Nafisa.. siz menga.. bilasizmi! -Iltimos Javoxir mrnga tegmang men xozir buni istamayman. -Xop. Javoxir ham o'zi shuni aytolmayotgandi,joyini bo'lak qilib yotishdi ikkisi.Oradan bir ikki oy o'tdi,bu vaqtda Javoxir va Nafisa hali ham nomiga er hotin bo'lib oralarida hali ham katta jarlik bor edi. Tun tushdi,Nafisa anchadan beri aytolmayotgan gaplarini bugun aytdi -Javohir,men ortiq bunday yasholman men ketmoqchiman iltimos jabobimni bering,o'zingiz ham qiynalib ketdingiz. -Ketmang..siz menga keraksiz Nafis.
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Qarindoshlar
Yozdi: * ₭๑ק๑ภ (3 May 2020, 11:56)
Ko'rilgan: 424
Reyting: 0
*0 | 0*
Fikrlar: (6)
*Xabar:

* VeGaS (12 May 2020, 21:36)
₭๑ק๑ภ, man boldim yozip yozatinlarni oqip shiq
* VeGaS (12 May 2020, 21:34)
₭๑ק๑ภ, men yozib edim shunga eski deyapman yangilardan bolsin
* ₭๑ק๑ภ (12 May 2020, 21:34)
VeGaS, Yangisin topib o'qivol o'zin
* VeGaS (12 May 2020, 21:33)
₭๑ק๑ภ, yoq turaversin oqimaganlar borku yangisidan yoz
* ₭๑ק๑ภ (12 May 2020, 21:32)
VeGaS, O'chirib tashlaymi
* VeGaS (12 May 2020, 21:31)
eski (((
Bosh sahifa