Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | Yaratgan Marhamati
Bismillarir rohmanir rohiym. Alhamdulillahi Robbil - alamin. Vas solatu vas vassalamu ala sayidina Muhammadin va ala alixi va asxabixi ajmaiyin.
Yaratgan egamning marhamati keng unga xandu sanolar bo'lsin. Olloh taolo Sarvari olam Muhammad (s.a.v.) yashab o'tgan vaqtd bir inson bolasini yaratdi. Yaratilgan inson bolasi 12 yoshda yaratgan egam uchun 5 vaqt namozni, ro'zani va boshqa amallarni mustahkam bajarib borardi. Qisqa qilib aytganda etiqodi mustahkam edi. U inson oyig'i yetmagan baland tog'larga tarki dunyo qilib umrini ohirigacha Olloh taolo uchun ibodatda bo'lishini niyat qildi. Baland viqorli tog'lar oxiri ko'rinmas muazzam harsanglar orasidan insnon birgan kuni 1 tup anor daraxti unib chiqib mevaga kirdi. Inson bundan hayratda edi, daraxt har kuni tong saxar bilan bir dona meva solar shomga yaqin pishib yetilar edi. Inson bu ne'matni yeb kun kechira boshladi va ibodatdan to'xtamas edi. Inson umri birgan sari uzayib borar edi tog'ga kelganiga 100 yil bo'ldi, 200 yuz yil bo'ldi, 300 yil bo'ldi lekin umri tugamas edi 500 yil to'lgan kuni Azroyil Alayxissalom va bir nechta farishtalarni insonning oldiga yubordi Olloh taolo. Farishtalar insonni jonini olishdi. Inson ruxini Arshi A'zamga olib kelishib Olloh taologa ro'bato qilishdi. Yaratgan aytdi eng ojiz bandan.
-Menga aytchi seni qilgan amallaring bilan jannatga kiritaymi yoki marhamatim bilan.
- Olamlar xukumdori meni qilgan amallarim bilan kirit jannatinga.
Odamzod o'ylardi 500 yillik ibodatini. Yaratgan am qildi
-Hisoblanglar buning qilgan yaxshi va yomon amallarini.
Farishtalar xisoblab aytishdi.
- Buning qilgan ezgu amallari o'zing boshi bilan teng bo'ldi halos.
Yaratgan aytdi.
-Jahannamga olib kiringlar..
Shunda banda yolvorib,
-Meni kechir Yaratgan egam tavba qilaman, meni marhamating bilan jannatinga kirgiz.
Alloh taolo bandaga yuzlanib dedi.
-Qayerda ko'rgansan toshdan daraxt o'sganini.
-Qayerda ko'rgansan daraxt bir kunda meva solib pishganini.
-Qayerda ko'rgansan inson 500 yil yashaganini. Bularning hammasi meni marhamatim edi.
Banda Yaratgan oldida tavba qilishdan u yog'iga o'ta olmad va Rahmli Kechirguvchi Olloh taolo bandani marhamati bilan Jannatiga kirgazdi.
Attaxiyyatu lillaxi vas - solavatu vat toyyibat.

E'tiboringiz uchun rahmat
Xato va kamchiliklar uchun uchun uzr.

Xurmat bilan: Delated account
Joziba.Ru - Eng jozibali portal
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Boshqalar
Yozdi: * ₭๑ק๑ภ (17 Mar 2020, 16:11)
Ko'rilgan: 99
Reyting: 5
*5 | 0*
Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yo'q!
Bosh sahifa